Foydalanuvchi kelishuvi

kredit tarixini taqdim etish shartlari va tartibi toʻgʻrisida

 

1. Ushbu kelishuvda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:

1.1 “Kredit byurosi” - qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan va kredit axboroti almashinuvini amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs (“Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosi MCHJ - “КАТМ” Kredit byurosi);

1.2. “Kredit axboroti subyekti” – Kredit bitimi boʻyicha qarz oluvchi (qarzdor), lizing oluvchi, kafil, kafolat beruvchi, garovga qoʻyuvchi, shuningdek, sugʻurta qildiruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

1.3. Kredit axborotini yetkazib beruvchi”Kredit axborotini Kredit byurosiga taqdim etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

1.4. Kredit axborotidan foydalanuvchiKredit bitimi bo‘yicha tegishincha kreditor, lizing beruvchi, garovga oluvchi, shuningdek sug‘urta qildiruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

1.5“Kredit tarixi” - Kredit byurosi tomonidan Kredit axboroti subyektiga nisbatan shakllantirilgan kredit axborotlari toʻplami. Mazkur kredit axborotlari toʻplami Kredit axboroti subyektiga InfoScore kredit hisoboti orqali taqdim qilinadi;

1.6“Soʻrov” – Xizmatlardan foydalanish uchun Kredit axboroti subyekti tomonidan Kredit byurosiga yuborilgan soʻrov;

1.7. “Xizmatlar” – Kredit byurosi Kredit axboroti subyektiga ushbu kelishuv asosida  kredit tarixini taqdim etadi, bu Kredit axboroti subyektining kredit qobiliyatini, moliyaviy ahvolini, toʻlov qobiliyatini va toʻlov intizomini baholashga yordam beradi; 

1.8UCIN (Uzbekistan credit information network) – “Kredit-axborot tahliliy markazi” Kredit byurosining veb portali;

1.9. SMS xabarnoma – Kredit axboroti subyektining kredit tarixi ma'lumotini Kredit byurosidan olinishini nazorat qilish imkonini beruvchi xizmat (Xizmat faollashtirilgandan so'ng, Kredit axboroti subyektining kredit tarixi olinganida bu haqida Kredit axboroti subyektining mobil telefon raqamiga SMS xabarnoma kelib tushadi);

1.10 “Freeze” – Kredit axboroti subyektiga o‘ziga tegishli kredit tarixi ma'lumotlarini kredit axborotidan foydalanuvchilar (“КАТМ” Kredit byurosi foydalanuvchilari) tomonidan (yangi kredit buyurtmalari bo‘yicha) Kredit byurodan olinishini cheklab qo‘yish (o’zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga rozilik berishni rad etish) imkoniyatini beruvchi xizmat.

1.11 “FINQ” mobil ilovasi – “FINQ” MCHJning jismoniy shaxslar uchun ishlab chiqilgan dasturiy mobil ilovasi.

 

2. Kredit tarixini taqdim etish turi, shakli, tartibi:

2.1. Kredit byurosi, Kredit axboroti subyektining Soʻroviga asosan, unga kredit tarixini, Freeze xizmati, shuningdek, boshqa xizmatlarni “FINQ” mobil ilovasi orqali taqdim etadi.

2.2. Kredit axboroti subyekti shaxsini tasdiqlab portaldan foydalanish orqali, mazkur kelishuvga rozilik bergan hisoblanib, kredit tarixini olishga hamda boshqa xizmatlarni faollashtirishga Soʻrov yuborishi mumkin. 

2.3. Kredit axboroti subyekti veb-saytdagi yoʻriqnomalarga asosan, koʻrsatilgan Xizmatlar uchun haqni toʻlov tizimlari (masalan: PAYME, CLICK va boshqalar) orqali onlayn tarzda toʻlashi mumkin (Xizmat uchun haq QQS bilan ko’rsatilgan).

2.4. Shaxsiy kabinetga yuridik shaxslar ERI (elektron raqamli imzo), jismoniy shaxslar boʻlsa OneID (Yagona identifikatsiya tizimi OneID) yoki ERI orqali kirishi va roʻyhatdan oʻtishi mumkin.

 

3. Kredit byurosining huquq va majburiyatlari:

3.1. Kredit byuro Kredit axborotining elektron shakldagi ma’lumotlar bazasini yuritishi va uni muntazam ravishda yangilab borishi shart;

3.2. Kredit byuro quyidagi huquqlarga ega:

-  xizmatlar ko‘rsatish shartlarini o‘zgartirish;

- agar Kredit axboroti subyekti noto‘g‘ri, ishonchsiz va yaroqsiz ma’lumotlarni taqdim etgan taqdirda, xizmatlardan foydalanishni bir tomonlama cheklash yoki bekor qilish;

-  Kredit axboroti subyektining mobil telefoni raqamiga qisqa matnli xabarlarni (SMS) yuborish.

 

4. Kredit axboroti subyektining huquq va majburiyatlari:

4.1. Kredit axboroti subyekti ushbu kelishuvda Kredit byurosi Xizmatlari narxlari, shuningdek, sayt sahifalaridagi boshqa shartlar bilan tanishib chiqishi shart va:

- identifikatsiya orqali aniqlash mumkin bo‘lgan barcha kerakli va haqiqiy ma’lumotlarni Kredit byurosiga taqdim etadi;

- ushbu kelishuvning tartibi va shartlariga muvofiq, foydalanadigan Xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshiradi;

- shaxsiy kabinetdagi identifikatsiya ma’lumotlarini uchinchi shaxsga taqdim etishda shaxsan javobgar hisoblanadi.

4.2. Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 4 dekabrdagi OʻRQ-301-sonli «Kredit axboroti almashinuvi to’grisida»gi qonunining 22-moddasiga muvofiq Kredit axboroti subyekti quyidagi huquqlarga ega:

-Kredit byurosidan o‘zi haqidagi kredit hisobotini olish, shu jumladan bir yilda bir marta tekinga olish;

-kredit axborotidan foydalanuvchidan o‘zi haqidagi kredit hisobotining ko‘chirma nusxasini olish;

-o‘zi haqidagi kredit axborotida xolis, ishonchli va yangilangan ma’lumotlar aks ettirilishi maqsadida unga o‘zgartirishlar kiritishni kredit axborotini yetkazib beruvchilardan talab qilish;

-kredit axborotini Kredit byurolariga o‘z vaqtida taqdim etishni kredit axborotini yetkazib beruvchilardan talab qilish;

-o‘zi haqidagi kredit tarixiga aniqliklar kiritishni Kredit byurosidan talab qilish;

-o‘zi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga rozilik berishni rad etish;

-Kredit byurosiga qilgan murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini talab qilish;

-Kredit byurosida mavjud bo‘lgan o‘zi haqidagi kredit axborotidan, qanday maqsadlarda bo‘lishidan qat’i nazar, foydalanish huquqiga ega.

4.3. Kredit axboroti subyekti bir nechta Kredit byurosidan Kredit tarixini olishga haqli, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.

 

5.Boshqa xizmatlar

5.1. Kredit axboroti subyekti yoki uning ishonchli shaxsi Kredit byuroga tashrif buyurgan holda quyidagi xizmatlardan foydalanishi mumkin:

-o‘zi haqida boshqa turdagi kredit hisobotlarini olish;   

-o‘zi haqidagi kredit hisobotining taqdim etilishi maqsadi to‘g‘risida va kredit hisoboti taqdim etilgan kredit axborotidan foydalanuvchilar haqida Kredit byurosidan ma’lumotnoma olish.

 

Kredit hisobotini taqdim etish shartnomasi
(ommaviy oferta)

Toshkent shahri                                                                                                                           01.11.2024

Mazkur hujjat "CRIF Kredit-Axborot Xizmatlari" MCHJ kredit byurosining (keyingi o‘rinlarda - Kredit byurosi) pulli xizmatlardan foydalanuvchi bo‘lgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda - Foydalanuvchi) uchun "FINQ" MCHJ kompaniyasining mulki bo‘lgan "FINQ" ilovasi (keyingi o‘rinlarda - Ilova) orqali O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi hamda 369-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq kredit hisobotini ommaviy oferta shartlarida taqdim etish bo‘yicha shartnoma (keyingi o‘rinlarda - Shartnoma) tuzish maqsadida rasmiy taklif (ommaviy oferta) hisoblanadi. Foydalanuvchining ushbu Oferta bilan belgilangan harakatlarni bajarishi uning quyidagi shartlarga so‘zsiz roziligini bildiradi (Oferta aksepti). Ofertani akseptlash paytidan boshlab Shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 1.

1. Atamalar va ta'riflar

1.1. Ushbu Shartnomada quyidagi atamalar va ta’riflar ishlatiladi:

Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish - shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir yoki bir qator harakatlarni amalga oshirish; 

Shaxsga doir ma’lumotlar - muayyan jismoniy shaxsga tegishli yoki uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi, Xizmatdan foydalanish uchun Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar;

Pulli xizmatni olish - Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, xizmatning ro‘yxati, soni, narxi va boshqa ma’lumotlardan iborat Ilova orqali shakllantirilgan elektron ariza;

Xizmatlar - Kredit byurosi tomonidan Ilova orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar;

Kredit tarixi - kredit byurosi tomonidan kredit axboroti subyektiga doir shakllantirilgan kredit ma’lumotlari to‘plami;

Kredit hisoboti - kredit tarixi tarkibiga kiruvchi to‘liq yoki qisman ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat;

Kredit byurosi - "CRIF Kredit-Axborot Xizmatlari" MCHJ kredit byurosi;

Mijoz - Ilova orqali Kredit byurosiga kredit hisobotini taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov bilan murojaat qilgan jismoniy shaxs;

Mukofot - Byuro tomonidan Shartnomaga muvofiq Ilova orqali Mijozga u haqidagi kredit hisobotini taqdim etganlik uchun Mijoz to‘laydigan to‘lov.

2. Shartnoma tuzish tartibi

2.1. Kredit byurosi va Mijoz o‘rtasidagi shartnoma ushbu Shartnomada bayon etilgan shartlar asosida tuziladi. Shartnoma Mijoz tomonidan Taklif (aksept) qabul qilingan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq, Mijoz tomonidan Ilovaga haq to‘lanishi Mijoz tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha taklif (aksept) ning qabul qilinishi hisoblanadi. Mijozdan Ilova orqali Mukofot olingan paytdan boshlab Shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

2.2. Mijoz So‘rovni (Arizani) rasmiylashtirmagan va Mukofotni to‘lamagan taqdirda, taklif Mijoz tomonidan qabul qilinmagan hisoblanadi.

2.3. Mazkur Shartnomani tuzish orqali Mijoz Ilovaga va Kredit byurosiga shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq o‘z shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish (shu jumladan, lekin quyidagilarni istisno etmasdan: to‘lovning hisob ma’lumotlari, uyali telefon raqami, bank kartalari raqamlari, F.I.O., ro‘yxatga olish ma’lumotlari, shuningdek, ushbu Shartnomani bajarish maqsadida avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan xizmatlarni ishlatish uchun zarur bo‘lgan har qanday boshqa shaxsga doir ma’lumotlar, shu jumladan, shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, yozish, tizimlashtirish, yig’ish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), ajratib olish, ishlatish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, foydalanish), shaxssizlantirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilishga muddatsiz rozilik beradi.

Mijoz ushbu Shartnomani bajarish maqsadida ushbu Shartnoma bo‘yicha Ilovaga va Kredit byurosiga taqdim etilgan har qanday shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berishga ham rozilik beradi.

2.4. Ilova va Kredit byurosi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq Mijozning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilishini Mijozga kafolatlaydi. Mijozning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga (shu jumladan uchinchi shaxslarga berishga) bergan roziligi muddatsizdir, bunda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga bergan rozilik istalgan vaqtda Mijoz tomonidan qaytarib olinishi mumkin.

2.5. Mijoz Xizmatlardan foydalanishni boshlashdan oldin ushbu Oferta matni bilan to‘liq tanishib chiqishi kerak. Oferta shartlariga to‘liq yoki qisman rozi bo‘lmagan taqdirda, Mijoz ushbu xizmatdan foydalanishdan voz kechishi kerak.

3. Kredit hisobotini taqdim etishning asosiy qoidalari va shartlari

3.1. Ushbu Shartnomaning predmeti O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va ushbu Shartnomaga muvofiq Mijoz tomonidan to‘langan Mukofot evaziga Kredit byurosi tomonidan Mijozga Ilova orqali kredit hisobotini taqdim etishdan iborat.

3.2. Ushbu Shartnoma Taklif hisoblanadi va Shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi.

3.3. Kredit hisoboti Mijozga Kredit byurosi tizimidan foydalangan holda PDF formatida elektron shaklda taqdim qilinadi.

3.4. Kredit byurosi Mijozning So‘rovi (Arizasi) asosida Mijozga quyidagi tartibda va quyidagi shartlarda kredit hisobotini taqdim etadi:

3.4.1. Kredit hisoboti Mijozga faqat Ilova orqali shakllantirilgan va Kredit byurosiga taqdim etilgan So‘rov (Ariza) asosida taqdim etiladi.

3.4.2. Kredit hisoboti Kredit hisoboti olish uchun zarur bo‘lgan texnik imkoniyatlar, dasturiy va kommunikatsiya resurslari mavjud bo‘lganda, Mijozga elektron hujjat shaklida Kredit byurosi tizimidan foydalangan holda Kredit byurosining ixtiyoriga ko‘ra taqdim qilinadi.

3.4.3. Kredit hisoboti uni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov Kredit byurosi tomonidan olingan kundan boshlab 2 (ikki) ish kunidan oshmaydigan muddatda taqdim etiladi.

3.4.4. Kredit hisoboti faqat bitta kredit axboroti subyektiga nisbatan taqdim etiladi.

3.4.5. Kredit hisobotida noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Mijoz Kredit byurosidan Ilova orqali o‘zi haqidagi kredit tarixiga aniqliklar kiritilishini talab qilishga haqli.

3.4.6. Kredit hisobotini taqdim etish Xizmati uchun Byuroga Mukofot Ilovada ko‘rsatilgan. Agar Mijoz obuna uchun tarif rejasini tanlasa, uning kredit hisoboti unga har oyning 5-sanasigacha obuna shartlarida ko‘rsatilgan miqdorda yuboriladi. Bunda to‘lov 100% miqdorida oldindan amalga oshiriladi. Agar mijoz obuna tugagunga qadar xizmatdan voz kechsa, to‘lov summasi taqdim etilmagan hisobotlar soniga mutanosib ravishda qaytariladi.

3.4.7. Mijoz so‘rov (Ariza) yuborilgan vaqtdan boshlab 24 soatdan kechiktirmasdan pul mablag‘larini Ilovaning hisob raqamiga o‘tkazish orqali mukofot summasini to‘laydi.

3.4.8. Ilovada ko‘rsatilgan xizmatlarning narxlari Kredit byurosi tomonidan bir tomonlama tartibda Foydalanuvchini ogohlantirmasdan o‘zgartirilishi mumkin.

4. Tomonlarning majburiyatlari

4.1. Ilova quyidagi majburiyatlarni oladi:

4.2. Kredit byuro quyidagi majburiyatlarni oladi:

4.3. Mijoz quyidagi majburiyatlarni oladi:

4.4. Kredit byurosi ushbu Ofertaga o‘zgartirishlarni bir tomonlama tartibda kiritishga haqlidir, bunda ushbu o‘zgartirishlarni ilova interfeysidagi axborot xabarlarida e’lon qilish orqali Mijozni xabardor qiladi.

5. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Ilova ushbu Shartnoma doirasida Kredit byurosi yoki Mijozning harakati yoki harakatsizligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.2. Tomonlar ushbu Shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

5.3. Mijoz ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida yuzaga keladigan har qanday zararlar yoki boshqa salbiy oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.

5.4. Mijoz himoyalanmagan ulanishlardan foydalanayotgan yoki zararli dasturlar va ilovalar xavfi ostida bo‘lgan qurilmada o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini kiritishda ma’lumotlarning xavfsizligi uchun to‘liq javobgardir.

5.5. Ilova va Kredit byurosi Shartnoma shartlarining lozim darajada bajarilmaganligi uchun, agar bunday bajarmaganlik Mijoz tomonidan Shartnoma shartlarining bajarilmaganligi oqibati bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.

5.6. Ilova va Kredit byurosi Mijoz ushbu Oferta shartlari bilan tanishib chiqmaganligi va (yoki) o‘z vaqtida tanishib chiqmaganligi sababli Mijozda yuzaga kelgan har qanday zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.7. Ilova va Kredit byurosi Shartnoma shartlarining lozim darajada bajarilmaganligi uchun, agar bunday bajarmaslik Ilova va Kredit byurosi nazorati doirasidan tashqaridagi sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.

5.8. Har bir Tomon boshqa Tomon ushbu Shartnomada belgilangan javobgarlik cheklovlarini tan olgan holda ushbu Shartnomani tuzishini va ushbu cheklovlar tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlarning zarur asosi ekanligini tan oladi, bunda Tomonlardan hech biri ushbu Tomonning oqilona nazoratidan tashqarida bo‘lgan har qanday sharoitlar, shu jumladan hukumat faoliyati yoki terroristik harakatlar, zilzilalar, yong‘inlar yoki boshqa tabiiy ofatlar, mehnat sharoitlari bilan bog‘liq vaziyatlar, elektr ta’minoti va Internet aloqasining uzilishi kabi holatlar tufayli majburiyatlarni bajarmaganlik yoki kechikkanlik uchun javobgar bo‘lmaydi, lekin holatlar ushbular bilan cheklamaydi.

 

FINQ ilovasi orqali taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish to‘g‘risida 
Ommaviy oferta

Toshkent shahri                                                                                                                         01.11.2024-yil 

Ushbu ommaviy oferta “FINQ” MCHJ (keyingi o‘rinlarlarda – Xizmat ko‘rsatuvchi), “CRIF Kredit-Axborot Xizmatlari” MCHJ va “Kredit-axborot tahliliy markazi” MCHJlarning FINQ ilovasi orqali muomalaga layoqatli jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish bo‘yicha Fuqarolik kodeksining 367-369-moddalariga muvofiq haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi hisoblanadi. Jismoniy shaxs tomonidan ilovada ro‘yxatdan o‘tish uning ushbu ommaviy ofertada ko‘rsatilgan shartlarga hech qanday cheklov va shartlarsiz roziligini bildiradi. 

 

1. Qo‘llaniladigan atamalar

Ilova - “FINQ” MCHJga tegishli bo‘lgan, jismoniy shaxslarga turli xil moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi FINQ dasturiy ta’minoti.

Xizmatlar – ilova orqali taqdim etiladigan har qanday turdagi xizmat turlari, shu jumladan jismoniy shaxsning kreditga layoqatliligini tekshirish, kredit tarixini taqdim etish, mavjud kreditlar monitoringini olib borish va boshqa qonunchilik bilan taqiqlanmagan xizmat turlari. 

Foydalanuvchi – ilovada ro‘yxatdan o‘tish orqali ushbu ofertada ko‘rsatilgan shartlarga hech qanday shartlarsiz roziligini bildirgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxs.

Xizmat egasi – ilova orqali taqdim etiladigan xizmatlarni bevosita amalga oshiruvchi, “FINQ” MCHJ bilan xizmatlar doirasidagi shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik to‘g‘risida kelishuv tuzgan yuridik shaxs (“CRIF Kredit-Axborot Xizmatlari” MCHJ, “Kredit-axborot tahliliy markazi” MCHJ).

Shaxsga doir ma’lumotlar - muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.

Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish — shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish.

2. Shartnomaning predmeti 

2.1. Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchining ko‘rsatmasi (xizmat turidan foydalanish uchun tegishli tugmalarni bosish orqali)ga muvofiq Ilovada mavjud bo‘lgan xizmatlarni onlayn rejimda pulli asosda taqdim etadi, Foydalanuvchi esa taqdim etiladigan xizmatlar uchun yuz foiz oldindan to‘lovni amalga oshiradi.
 Ilova orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lanadigan haq miqdori (shu jumladan, unga kiritiladigan o‘zgartirishlar) ilovada e’lon qilinadi.

 

3. Shartnomani tuzish tartibi (Aksept)

3.1. Foydalanuvchi ilovada ro‘yxatdan o‘tish orqali ushbu ommaviy ofertada ko‘rsatilgan shartlarga hech qanday shartlar va cheklovsiz roziligini, shuningdek “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini Xizmat ko‘rsatuvchi va Xizmat egasi tomonidan Xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq maqsadlarda qayta ishlashga muddatsiz va shartlarsiz roziligini beradi. 

3.2. Foydalanuvchi ilova orqali kredit tarixi xizmatidan foydalanish orqali Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan ushbu ma’lumot asosida unga tijorat banklarining jozibador mahsulotlarini taklif qilish uchun ushbu ma’lumotlarni Xizmat ko‘rsatuvchiga taqdim etishga roziligini bildiradi.

3.3. Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va maxfiylik siyosati talablari doirasida muhofaza qilish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilishini kafolatlaydi.       

 

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari 

4.1. Xizmat ko‘rsatuvchi quyidagilarga majbur: 

4.2. Xizmat ko‘rsatuvchi quyidagilarga haqli: 

4.3. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur: 

4.4. Foydalanuvchi quyidagilarga haqli: 

 

5. Tomonlarning javobgarligi 

5.1. Tomonlar ushbu ofertada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlik oladilar. 

5.2. Xizmat ko‘rsatuvchi Xizmat egasi va Foydalanuvchi o‘rtasida vositachi hisoblanib, Xizmat egasi tomonidan taqdim etilgan axborot/ma’lumotlarni o‘zgartirmagan holda Foydalanuvchiga yetkazadi hamda mazkur axborot/ma’lumotlarning to‘liqligi, haqiqiyligi va ishonchliligi uchun javob bermaydi. 

5.3. Uchinchi shaxslar tomonidan Foydalanuvchining nomidan yoki uning Ilovadagi akkauntidan foydalanib amalga oshirilgan operatsiyalar/buyurtmanomalar uchun javobgar bo‘lmaydi. 

5.4. Foydalanuvchi ilova orqali taqdim etilgan uning shaxsga doir ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan hisobot/axborotlarning uchinchi shaxslarga uning beparvoligi yoki ehtiyotsizligi oqibatida yetib borgan va unga zarar yetkazilgan hollarda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. 

5.5. Xizmat ko‘rsatuvchi va Xizmat egasi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda ilovada sodir bo‘lgan uzilishlar oqibatida Foydalanuvchiga yetkazilgan zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi. 

5.6. Tomonlar ushbu ofertada ko‘rsatilgan majburiyatlarini fors-major holatlari oqibatida bajara olmagan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi. 

 

6. Kelishmovchiliklarni hal qilish 

6.1. Xizmat egasi tomonidan taqdim etilgan hisobot/ma’lumot/axborotlarning ishonchliligi, haqqoniyligi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi yuzasidan har qanday tushunmovchilik va kelishmovchiliklar bevosita Xizmat egasiga murojaat qilish orqali hal etiladi. 

6.2. Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan ilova orqali xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni bilan bog‘liq tushunmovchilik va kelishmovchiliklar Foydalanuvchining murojaatiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Bunda Tomonlar har qanday kelishmovchilik yoki nizoni tinch yo‘l bilan hal qilishga harakat qiladilar. 

6.3. Agar nizo, murojatdan so’ng 10 kunlik muddatda hal qilinmasa, Tomonlar nizo bo‘yicha qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining vakolatli sudiga murojaat qilishga haqli bo‘ladi. Bunda nizo O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi. 

 

7. Shartnomani bekor qilish tartibi 

7.1. Foydalanuvchi istalgan paytda Ilovadagi akkauntini o‘chirish orqali ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. 

7.2. Shartnoma Foydalanuvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda xizmat uchun to‘lov amalga oshirilib ammo natijasi (hisobot, ma’lumot va boshqa) hali qabul qilinmagan bo‘lsa yoki Foydalanuvchi ma’lum turdagi xizmatga tegishli muddatga obuna bo‘lib, ammo mazkur muddat tugamasdan Foydalanuvchi tomonidan shartnoma bir tomonlama bekor qilinganda, amalga oshirilgan to‘lov qaytarib berilmaydi. 

 

8. Yakuniy shartlar 

8.1. Ushbu ofertada ko‘rsatilmagan barcha holatlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan tartibga solinadi. 

8.2. Ushbu shartnoma rus va o‘zbek tillarida tuzildi. Ikki tildagi matnda qarama-qarshilik yuzaga kelganda O‘zbek tilidagi matnga ustunlik beriladi.